O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev Konservatoriyaning Nukus filiali bitiruvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev Konservatoriyaning Nukus filiali bitiruvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev Konservatoriyaning Nukus filiali bitiruvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Samimiy ruhda o‘tgan ushbu uchrashuvda rektor Kamoliddin Urinbayev mazkur filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilganligini, uning yangi va zamon talablariga to‘la javob beradigan binosini qurish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, u yerda tahsil oladigan talaba-yoshlar uchun barcha kerakli imkoniyatlarni yaratish, sohani professional kadrlar bilan ta’minlash, yoshlarni sohada o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish kun tartibidagi eng muhim masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Rektor K. Urinbayev o‘z faoliyatini boshlab, bugun birinchi bitiruvchilarni “katta ijod maydoni”ga kuzatayotgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining professor-o‘qituvchilariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirib, bitiruvchi yoshlarga hayotda o‘z o‘rnilarini topishda tinimsiz mehnat va ijod qilishlari lozimligini, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishlari kerakligini va o‘quv davrida olgan bilim hamda ko‘nikmalarini mehnat faoliyati davrida amaliyotga joriy etishlari lozimligini qayd etib, sohani yanada rivojlantirishda o‘z salohiyatlarini safarbar qilishlari lozimligi qayd etdi va barcha bitiruvchi yoshlarni tabriklab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat yakunida rektori Kamoliddin Urinbayev O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali talaba-yoshlari uchun yangi va zamonaviy cholg‘u sozlarini topshirdi

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025