Dissertasiya himoyalari bo‘lib o‘tdi

Dissertasiya himoyalari bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashda Bekmuratova Gulzada Tleumuratovnaning “Qoraqalpoq musiqa madaniyatidagi evolyusion jarayonlari (musiqali teatr taraqqiyotida)” hamda Matyakubov Shavkat Batirovichning “Maqom xonandaligida ustoz shogird an’analari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyalari bo‘lib o‘tdi.

G.Bekmuratova dissertatsiyasida Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyatini, uning teatr hayotidagi rivojlanish xususiyati, musiqa san’atiga turli yondashuvlarni tarixiy, nazariy va tahliliy nuqtayi nazardan taqqoslash, Qoraqalpog‘iston musiqa dunyosi to‘g‘risida yaxlit tasavvurni shakllantirish va Qoraqalpog‘iston musiqa teatrining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy qiyofasini ochib berish,
XX asrning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyati evolyutsion jarayonlarining asosiy rivojlanish bosqichlarini aniqlash va tipologiyasi, folklor va bastakor muammosi kontekstida teatr san’atining asosiy badiiy turlarini tizimlashtirilishi, madaniyatimizning muhim qismi sifatida qoraqalpog‘iston teatr san’atining, genezisini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanishi, Abdireyim Sultanov va Najimatdin Muxammeddinov asarlarida musiqiy materialning ahamiyatini va musiqiy tushunchalar mantig‘ini ochib berildi.

Sh.Matyakubov maqom xonandaligi ta’limida ustoz-shogird an’analarining ilmiy-nazariy, uslubiy jihatlarini ochib berish, ustoz-shogird an’analariga bag‘ishlangan tarixiy manbalarni tahlil etish, qadimdan mavjud bo‘lgan ustoz-shogird an’analari, tamoyillarini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, mutaxassislarning ustoz-shogird an’analariga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqish orqali o‘qitishning optimal yo‘llarini ochib berish, ustoz-shogird an’analari bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, shu natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslagan tavsiyalar ishlab chiqilgani, bunda maqom xonandaligiga oid ovozlar turiga qarab o‘ziga xos sadolantirishda xonandalar gulligi, binnigi, ishkami kabi usullarida pastki hamda yuqori rezonatorlarda kuylashganligi, maqom xonandaligida Buxoro maktabiga xos tenor ovoziga mos xalqumni to‘ldirib kuylashganligi, Xorazm uslubida rezonator sifatida tanglay va burun a’zolariga ovozni jaranglatib talaffuzga mos shakllantirilganligi, Farg‘ona-Toshkent maqom xonandaligida har bir so‘z ma’nosini yetkazishda og‘izni katta ochib kuylashganligi, Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Orifxon Xotamov, Orif hoji Alimahsumov kabi san’atkorlarning ijro uslublari, maqom xonandaligining har bir vohaga xos kichik tovush sentlarini (balandligi) nimchorak pardalarni ishlatish holatiga ko‘ra maqom mikroxromatizm xususiyatlari, ustoz-shogird an’analaridan foydalangan holda Munojat Yo‘lchiyeva shogirdlarni vohaga xos ijro uslubida shakllangan tembrini saqlagan holda tarbiyalashi, Mahmudjon Tojiboyev har qanday uslubdagi shogirdlarni o‘z uslubiga moslashi, ovozni shakllantirishi xususiyatlari qayd etildi.

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025