O‘zbekiston davlat konservatoriyasida uchrashuv

17-may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi rektori Aleksand Rijiynskiy hamda san’atshunoslik fanlari doktori, Akademiya prorektori Dina Kirnarskaya tashrif buyurdi va Konservatoriya rektori Kamoliddin Urinbayev bilan uchrashdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasining ilmiy va ijodiy ishlardagi hamkorligi, o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, shu bilan birga, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy va ijodiy hamkorlik loyihalari, uning istiqboli, professional kadrlarni tarbiyalashda ta’lim jarayonlariga zamonaviy uslub va texnologiyalarni joriy etish, ta’lim dargohida faoliyat olib borayotgan kadrlar va talaba yoshlarning ilmiy tadqiqot va ijod bilan shug‘ulllanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishi ko‘zlangan turli qo‘shma loyihalar, ularni amaliyotga joriy etish hamda uni muntazam davom ettirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi va bir qancha kelishuvlarga erishildi.
Shu bilan birga, ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va sohani yanada rivojlantirish, ikki oliy ta’lim dargohining istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashining qaroriga muvofiq Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi rektori Aleksand Rijiynskiy va Akademiya prorektori Dina Kirnarskaya O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi, diplomlar O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi samarali hamkorlik natijasida sohada ta’lim olayotgan talaba-yoshlar va mehnat faoliyatini olib borayotgan kadrlar uchun ilmiy va ijodiy izlanish olib borishlariga yangi imkoniyatlar yaratilishiga, professional kadrlarni tayyorlashga, ta’lim jarayonlarini zamon talablariga mos holda yanada rivojlantirishga, ilmiy va ijodiy izlanishlarni yangi bosqichga olib chiqishga va bu borada tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.



