Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yamaha Music” kompaniyasining Bosh menejeri Sei Nin, savdo va marketing menejeri Konstantin Sivakovskiylar mehmon bo‘lishdi va rektor Kamoliddin Urinbayev bilan uchrashdilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda “Yamaha Music” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini samarali yo‘lga qo‘yish, birgalikda musiqa san’atini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi turli loyihalarni amalga oshirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, samarali loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish, konsert dasturlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlariga hamda ta’lim jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilindi hamda bir qancha kelishuvlarga erishildi.

Bu kabi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish sohada tahsil olayotgan talabalarga ijodiy izlanish olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga, yosh ijodkorlarni izlab topish va rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirishga, ta’lim jarayonlarini zamon talablariga mos ravishda yanada rivojlantirishga, yangi va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonlariga va konsert ijrochiligiga joriy etilishiga, shuningdek, bu borada bilim va tajribalarni boyitishga xizmat qiladi.

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025