“Sog’lom va xavfsiz poytaxt” oyligi davom etmoqda

Ayni kunlarda Toshkent shahrida joriy yilning 15-aprelidan 15-may kunigacha “Sog’lom va xavfsiz yurt” oyligi o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi va ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tag‘rib etishga qaratilgan.
Kuni kecha “Sog’lom va xavfsiz poytaxt” oyligi doirasidagi davra suhbati O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik M.Allabergenov hamda profilaktika katta inspektori, kapitan D.Davronovlar ishtirok etishdi.
Ular talaba-yoshlarga xavfsizlik qoidalari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy mas’uliyatni yanada oshirish borasida kerakli ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tishdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



