Fransua Shaplen ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Muxtor Ashrafiy nomidagi Kamer zalida Fransuz musiqa festivali doirdasida Fransua Shaplen ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Fransua Shaplen – frunsuz va jahon mumtoz musiqasini o‘ziga xos betakror talqinda ijro etuvchi san’atkor hisoblanadi. U Lill shahrining Milliy orkestri (Fransiya), Sankt-Peterburg filarmoniya orkestri, Yaponiya filarmoniyasi orkestri, Fransiyaning Orchestre Colonne simfonik orkestri kabi jahonning eng nomdor musiqiy jamoalari bilan birgalikda konsert dasturlarida ishtirok etib kelmoqda. Fransua Shaplen dunyoning eng nufuzli xalqaro musiqiy festivallarining doimiy ishtirokchisi.
Mahorat darslari davomida o‘zining boy tajribasidan kelib chiqqan holda talabalarga ijrochilik mahoratidan tavsiyalar berib o‘tdi.



