O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Fransiya musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi hamda fransiyalik taniqli dirijor Natali Marenning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim ochib berishdi.
Ular o‘z nutqlarida mazkur Festival mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishini, madaniyat va san’at yo‘nalishida hamkorlikning yangi davri boshlanganligini hamda ijodkorlar o‘rtasidagi ijodiy muhitni yanada rivojlantirishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez barcha tashkilotchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Konsert dasturida davomida Natali Maren dirijorligida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ijrosida fransuz musiqasining nodir musiqiy durdonalari, jumladan, Gabriel For, Kamil Sen-Sans, Klod Debyusi, Moris Ravel kabi kompozitorlarning asarlari ijro etildi.
Dastur yakunida tinimsiz chalingan gulduros qarsaklar ham chin ma’noda konsert dasturi yuksak badiiy saviyada o‘tganligini va musiqa ixlosmandlarida o‘ziga xos taassurot qoldirganligini namoyon etdi.



