Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Fransiya musiqa festivaliga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Fransiya musiqa festivaliga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Oʻzbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev, Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim, taniqli dirijor Natali Maren, elchixona vakillari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakilari, blogerlar hamda musiqashunos olimlar ishtirok etishdi.
Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 12-13-mart kunlari Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan Fransiyaga rasmiy tashrifni amalga oshirgan edilar.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, xalqaro tashkilotlar, sog‘liqni saqlash, musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya va boshqa ko‘plab bitimlar imzolangan edi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan hamkorlikda joriy yilning
9-apreldan 30-aprelgacha davom etadigan Fransuz musiqasi festivali ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga va ijodkorlar o‘rtasidagi ijodiy muhitni yanada rivojlantirishiga xizmat qiladi degan umiddamiz.
Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, o‘zlarini uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.



