Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 21-fevraldagi PQ-68-son qarorlari qabul qilingan bo‘lib, ushbu qarorga muvofiq Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun, ana shunday bayram sayllari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tdi. Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.
“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostidagi bayram tantanasida askiyachi va qiziqchilarning chiqishlari, milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha bellashuvlar, xalq o‘yinlaridan namunalar, osh tayyorlash bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025