Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga Janubiy Koreyaning Keimyung Universiteti qoshidagi Buyuk Ipak yo‘li ilmiy tadqiqot markazi rahbari, tarixshunos, adabiyotshunos olim, Keimyung Universiteti adabiyotshunoslik fakulteti professori Kim Jung Sun, musiqashunos olima Chon Hyo Su bilan uchrashuv o‘tkazdim.

Ushbu uchrashuvda professor Kim Jung Sun va musiqashunos olima Chon Hyo Su bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Keimyung Universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish, talaba-yoshlar uchun amaliyot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ilmiy tadqiqot sohasida Keimyung Universiteti qoshidagi Buyuk Ipak yo‘li ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuvda professor Kim Jung Sun oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanini koreys tiliga tarjima qilayotganligini aytib, tarjima jarayonida romanda uchragan musiqa va cholg‘u sozlari to‘g‘risida fikrlari bilan bo‘lishdi.
Uchrashuv yakunida janob Kim Jung Sunga o‘zbek musiqa cholg‘ulari tarixiga bag‘ishlangan kitob hadya qildim va u kishi kitobni qo‘lga olib, ushbu kitob uning uchun qiziqarli ekanligini va albatta o‘qib chiqishini ta’kidlab o‘tdi.
Tashrif davomida professor Kim Jung Sun va musiqashunos olima Chon Hyo Su Konservatoriyadagi musiqa cholg‘ulari muzeyi bilan tanishishdi va talabalar xor jamoalarning chiqishlarini tinglab bahramand bo‘lishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025