Talabalar haftaligi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Uch Tepa tumanida joylashgan Talabalar turar joyida 14-21-dekabr kunlari “Talabalar haftaligi” boʻlib oʻtmoqda.
📌Haftalik davomida “Talabalar ligasi“ doirasida voleybol hamda shaxmat-shashka sport turi boʻyicha bellashuv boʻlib oʻtdi.
✅Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-qizlar oʻrtasida «Milliy taomlar – millat quvvati» nomli pazandachilik tanlovi tashkil etildi.




