6-noyabr kuni soat 14:00 da Vengriyaning taniqli musiqa san’ati ustalari Apora Syuch (B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining kamer zali, fortepiano) va Ishtvan Kostandilarning (O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 417-auditoriyasi, skripka) mahorat darslari bo‘lib o‘tadi

6-noyabr kuni soat 14:00 da Vengriyaning taniqli musiqa san’ati ustalari Apora Syuch (B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining kamer zali, fortepiano) va Ishtvan Kostandilarning (O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 417-auditoriyasi, skripka) mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

Apor Syuch – pianinochi, Vengriyaning Budafoki Dohnányi Orchestra orkestri bastakori va aranjirovkachisi, o‘zi asos solgan BDZ kamer ansamblining badiiy rahbari. Pianinochi sifatida u Nyu Yorkdagi Karnegi Xollda ko‘p marta chiqish qilgan, Braziliya, Kanada, Kolumbiya, Irlandiya va Kanadada muvaffaqiyatli gastrollarda bo‘lgan. Jazning katta muxlisi va uning Gershvin talqini noyob deb tan olingan.

Ishtvan Kostandi – 1991-yildan beri Vengriyaning Seged simfonik orkestrining birinchi konsertmeysteri va yakkaxoni; Ferens List nomidagi Vengriya davlat mukofoti sovrindori. Lissabon Metropoliten kamer orkestrining konsertmeyster va yakkaxon sifatida doimiy ravishda taklif qilingan artisti. 2014-yilda Budapesht musiqa akademiyasida san’at doktori (DLA) darajasini oldi.
Ruminiya, Italiya, Portugaliya, Slovakiya, Polsha va Xitoyda muvaffaqiyat bilan chiqishlar qilgan. Kostandi torli kvartetining asoschisi, Vengriyadagi B. Bartok nomidagi Seged universitetining San’at fakulteti dotsenti. Kamer musiqiy loyihalarining faol ishtirokchisi.

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025