Talabalar yotoqxonasi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-sonli talabalar turar joyida talabalar foydalanishi uchun jami 7 ta barcha shart-sharoitlarga ega oshxonalar mavjud. Oshxona va umumiy ovqatlanish joylarining tozaligi va sanitariya talablariga rioya etish maqsdadida Joriy yilning 24-26-aprel kunlarida tozalov ishlari olib borilganligi sababli vaqtincha 3 kun muddatga ushbu oshxonalardan foydalanishga cheklov o’rnatildi va tozalov ishlari yakunlanganidan so’ng barcha oshxonalardan talabalar foydalanishi uchun ochib berildi. Hozirgi kunda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ushbu oshxonalardan foydalanishmoqda



