Aziz ayollarimiz! Hurmatli opa-singillarimiz!

Barchangizni bahorning go‘zal, betakror bayrami bo‘lmish Xalqaro ayollar kuni bilan samimiy tabriklayman!
Dunyoni go‘zallik ila to‘ldirib, bizlarni esa iliq mehringiz bilan yangi marralarga undab, ilhomlantirib turganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik izhor qilaman. Men kasbiy mahoratingiz, oqilaligingiz, ziyrakligingiz, tushunib qo‘llab-quvvatlab turishingiz kabi xislatlar ila har kunimizni ma’no-mazmunga to‘ldirib berayotganingiz uchun minnatdorman.
Doimo chehrangizda tabassum, baxt porlab tursin! O‘tib ketgan izg‘irin o‘zi bilan barcha ma’yuslikni olib ketsin, qalbingizda esa mudom bahor kayfiyati, xotirjamlik va muhabbat hissi jo‘sh urib tursin!



