Kafedraning bakalavriat yo’nalishi
5150200 – San’atshunoslik: musiqashunoslik
Kafedraning magistratura mutaxassisligi
5A150200 – Musiqiy san’at.
Kafedrada o’tiladigan fanlar
Bakalavr yo’nalishi uchun:
- Maqom asoslari
- O’zbek musiqasi tarixi
- O’zbek an’anaviy musiqasi asoslari
- San’atshunoslikka kirish
- Sharq xalqlari musiqasi tarixi
- Xalq musiqiy ijodi
- Fors tili
- Arab tili
- Xalq musiqasini notalashtirish
- Etnomusiqashunoslik asoslari
- Manbashunoslik
- Folklor amaliyoti
- San’atshunoslik (musiqashunoslik).
Magistratura mutaxassisligi uchun:
- O’zbekiston musiqa madaniyati
- Musiqiy san’at
- Manbashunoslik
- Xalq musiqasini notalashtirish
- Chet tili (arabcha)
- Sharq xalqlarining maqomlari
Kafedral shartnomalar:
- O’zbekiston Kompozotirlari va Bastakorlari uyushmasi
- San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti
- O’zbekiston teleradiokompaniyasi
- Musiqa va san’at akademik litseylari va kollejlari
Musiqiy sharqshunoslik kafedrasi 1972 yilda tashkil etilgan. Kafedrani san’at fanlari doktori, professor Fayzulla Karamatov boshqargan. Kafedra tashkil etilganidan buyon asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: an’anaviy musiqani saqlash va rivojlantirish, an’anaviy ashula va cholg’u ijro etish mahoratini o’zlashtirish, sharq tillarini yaxshi biladigan sharqshunos musiqashunoslarni tayyorlash.
Xalq musiqa sinfining tashkil etilishi ta’lim sifatini sezilarli darajada yaxshilagan. Darslarni o’tish uchun san’atshunoslik fanlari doktori, professor I. Rajabov, professor A. Jabborov, F. Sodiqov, R. Rajabiy, T. Inogomov, M. Muxammedov, S. Tahalov, O. Alimaxsumov, Z. Oripov, Z. Nasullaev, K. Avasenov , yosh o’qituvchilar O. Matyaqubov, R. Abdullaevlar taklif qilindi. Birozdan keyin R. Yunusov, A. Xoshimov, A. Nazarov, O. Ibragimov, S. Begmatov o’qituvchilik faoliyatini boshladilar.
Kafedrada o’qigan va ilmiy darajalarga ega bo’lgan: san’atshunoslik fanlari doktorlari R. Abdullaev, A. Xoshimov, Sh.Gullyev (Turkmaniston), A. Nizomov (Tojikiston), A. Nazarov, O. Ibragimov, F. Aziziy (Tojikiston), Dilorom Karomatli; San’atshunoslar: O. Matyakubov, A. Jumaev, R. Yunusov, Anjelika Jung (Germaniya), O. Malkeyeva (Qozog’iston), Salohiddin Muhammad (Sudan), Nabil Hasan (Iordaniya), S. Begmatov, I. G’anieva, Sh. Ayxodjaeva.
So’nggi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’ndan ortiq darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalari nashr etildi.
