ARAM ILICH XACHATURYAN

ARAM ILICH XACHATURYAN

(1903-1978)

Kompozitor Aram  Xachaturyan arman sobiq ittifoq kompozitori, dirijyor,  musiqa va san`at arbobi.

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973), Sobiq ittifoq xalq artisti (1954), Lenin mukofoti laureati( 1959), to’rtta Stalin mukofoti (1941, 1943, 1946, 1950), sobiq ittifoq davlat mukofoti (1971) va sobiq ittifoq Arman davlat mukofoti.

Uch balet, uch simfoniya, olti konsertlar, vokal, xor, instrumental va dasturiy musiqa, kino va teatr ishlab chiqarish uchun musiqa, shuningdek, Armaniston davlat madhiyasi kabi musiqa asarlari muallifi.

A.Xachaturyan musiqasi armanlarning monodiyalarini, ozarbayjonlar mugamlarini, shuningdek Ozarbayjon, Gruziya va boshqa Kavkaz xalqlarining xalq qo‘shiqlari ijrochilarining san’atini qamrab olgan edi.

Armanistonda hokimiyatning o‘rnatilganligiga 15 yil bo‘lganligi munosabati bilan yozilgan Birinchi simfoniyasida, ya’ni diplom ishida (1935) A.Xachaturyan o‘zining individual uslubini va simfonizmni yangilash uchun intonatsion sintez yo‘lini topa oldi.

A.Xachaturyan musiqasidagi o‘ziga xos did, xalq koloriti, musiqa tilining shijoatligi va his-hayajonligi, obrazlarning bayramona kayfiyati, kontsert janri an’analarining xalq qo‘shiqchilari badihago‘yligi bilan birlashishi kontsertning o‘ziga xosligini belgiladi, uning repertuarini kengaytirdi. Kontsert materiali ajoyib tematik yorqinligi bilan ajralib turadi. Unda bir oz jasoratlilik, bir oz tarki dunyo alomatlari, bir oz badihago‘ylikni eslatuvchi qo‘shiq, bir oz afsona, sevgi qissasi, bir oz to‘lqinlantiruvchi raqs ritmlari mavjud. Kontsertda mahoratlilik va his-hayajonlik, aniqliq, san’atkorona ko‘rinishlar va insoniylik birlashib, yaxlitlikda komillikka erishilgan.

  1. Xachaturyanning “Spartak” baleti. A.Xachaturyanning “Spartak” asari tarixiy baletning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi (1953). “Spartak” baleti yorqin musiqiy dramaturgiyaga, keng rivojlangan badiiy obrazlarga, aniq romantik hayajonli intonatsion tarkibga, o‘ziga xos musiqiy tilga ega asardir. Baletning sahnalashtirilishi birinchi marta 1955-yilda Kirov nomidagi Leningrad akademik opera va balet teatrida (baletmeyster L.V.Yakobson, dirijyor P.E.Feldt, rassom V.Xodasevich) va 1958- yilda Katta teatrda (baletmeyster I.Moiseyev, dirijyor Y.Fayer, rassom A.Konstantinovskiy) amalga oshirilgan edi. O‘sha vaqtdan beri balet dunyo teatrlari sahnalaridan ketgani yo‘q. 1976-yilda Y.Grigorovichning spektakli asosida ekranlashtirildi.

       Hayotining so‘nggi kunlariga qadar A.Xachaturyan Gnesinlar nomidagi institutda xamda Moskva davlat konservatoriyalarida kompozitsiyadan dars bergan. Ular qatorida: kompozitorlardan Andrey Eshpay, Mikael Tariverdiev, Aleksey Ribnikovlar uning shogirdlaridir.

A.Xachaturyan 1978yilning  1 may kuni  vafot etgan.