O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan muhtasham “Smetana Hall” zalida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan muhtasham “Smetana Hall” zalida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Bosh dirijyor va badiiy rahbar, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Maxsus fortepiano kafedrasi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Fayziyeva ijrosida taniqli kompozitorlar A.Dvorjak, S. Raxmaninov,
P.I. Chaykovskiylarning durdona musiqiy asarlar “Smetana Hall”ga yig‘ilgan mingdan ortiq muxlislar e’tiboriga havola etildi.
Mazkur konsert dasturini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov ochib berdi hamda ushbu konsert dasturining tashkil etilishi va o‘tkazilishi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yuksaltirishga va ijodkorlar o‘rtasida muloqotni samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan birga boshqa mas’ul idora va tashkilotlardan vakillari ishtirok etishdi.
Shuni qayd etish lozimki, 1200 dan oshiq muhlislarni o‘z bag‘riga sig‘diradigan Pragadagi “Smetana Hall” Yevropadagi mashhur musiqa saroylaridan hisoblanib, unda bir qancha taniqli jodiy jamoalarning konsert dasturlari o‘tkazilgan.
Konsert yakunida muxlislarning olqishi va ular tomonidan chalingan gulduros qarsaklar sadosi chin ma’noda konsert dasturi yuksak badiiy saviyada bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston davlat simfonik orkestrida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilari va talaba-yoshlari ham faoliyat olib boradi.

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025