Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida damli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festivalni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov ochib berdi hamda “Damli sozlar navosi” festivali yoshlarda musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda musiqa madaniyatini shakllantirish, mamlakatimizda puflama va zarbli cholg‘u ijrochiligini yanada rivojlantirish, yosh ijrochilarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ulardagi ijrochilik mahoratlarini oshirish hamda rag‘batlantirish, davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada yuksaltirish va ular o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda alohida ahamiyat ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shu kunga qadar Festivalda Ozarbayjon, Qo‘zog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Fransiya, Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan ijodiy jamoalarning muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bu esa o‘z o‘rnidan davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri tashabbusi bilan ushbu Festival II marotaba tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturga muvofiq ushbu Festival doirasida 18-19-iyun kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Central Park”, “Navroʻz” etnografik bogʻida damli va zarbli cholg‘ular ijrosida konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.
Festivalda Matbuot anjumani, ilmiy-amaliy anjuman, tantanali ochilish marosimi, tanlov, Festivalning yopilishiga bag‘ishlangan Gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
G‘oliblarni taqdirlash va Festivalning yopilishiga bag‘ishlangan Gala-konsert 20-iyun kuni soat 20-00da “Tashkent city Park” majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Festivalda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan jami 1000 nafarga yaqin ijodkorlar ishtirok etayotgan bo‘lsa, ular orasida 300 nafarga yaqini Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardan qatnashchilar hisoblanadi.
Festival g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Gran-pri – Maxsus diplom, statuetka va 15 000 000 so‘m pul mukofoti;
birinchi o‘rin – birinchi darajali diplom, statuetka, 10 000 000 so‘m pul mukofoti;
ikkinchi o‘rin – ikkinchi darajali diplom, statuetka, 5 000 000 so‘m pul m бўukofoti;
uchinchi o‘rin – uchinchi darajali diplom, statuetka, 3 000 000 so‘m pul mukofoti.
Festival ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:
“Umid” nominatsiyasi – maxsus diplom, 2 000 000 so‘m pul mukofot



