Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2024-2025 o‘quv yili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda.
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Akademik xonandalik (60211400-Vokal san’ati) ta’lim yo‘nalishi bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘tkazildi.
Attestatsiyasi jarayoni avvalida Konservatoriyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Yulduz Xusnitdinova, Musiqa san’ati fakulteti dekani Mahfuza Kazaqbayeva va Akademik xonandalik va opera tayyorlov kafedrasi Galina Muhamedovalar ochib berishdi. Ular barcha bitiruvchi yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishlari kerakligini va o‘quv davrida olgan bilim hamda ko‘nikmalarini mehnat faoliyati davrida amaliyotda qo‘llashlari lozimligini ta’kidlab, ularga omad va muvaffaqiyat tilashdi.
Eslatib o‘tamiz, Attestatsiyasi jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil
13-dekabrdagi 836-son qaroriga muvofiq ish beruvchi korxona va tashkilotlarda o‘tkazilmoqda.

LP

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025