8-aprel kuni Madaniyat va san’at sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yig‘ilishi bo’lib o’tdi

8-aprel kuni Madaniyat va san’at sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yig‘ilishi bo'lib o'tdi

8-aprel kuni Madaniyat va san’at sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yig‘ilishida ishtirok etdim.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi mezbonlik qilgan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligidagi ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori Avaz Mansurov, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat Toxtasimovlar ishtirok etishdi.
Madaniyat va san’at sohasini yana-da rivojlantirish, sohada yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talabni tahlil qilish, professional kadrlarni tarbiyalash, shuningdek, madaniyat va san’at sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonlariga yangi va zamonaviy uslublarni joriy etish va sohani yana-da rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va masalalar muhokama qilindi.
O‘ylaymanki, bu kabi o‘tkaziladigan uchrashuvlar sohani rivojlantirishga, oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, sohada ilk mehnat faoliyatini boshlayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025