Diqqat tanlov !

Diqqat tanlov !

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan Respublika miqiyosida  “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovini o‘tkaziladi.

✅ Tanlovda barcha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va magistrlar ilmiy maqolari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolani rasmiylashtirish taiablari: ilmiy maqola 14 shrift (Times New Roman), 1 interval, sahifaning yuqori, past, chap va o‘ng tomonidan 2 sm hoshiya, 5-6 bet;
ilmiy maqola mavzusi o‘zbek, rus, ingliz tillarida keltiriladi. Navbatdagi satrda ilmiy maqolada muallifining (materiallar yakka mualliflikda qabul qilinadi)
F.I.Sh.; oliy ta’lim muassasasining nomi; ta’lim bosqichi (bakalavr/magistr), ta’lim kursi; elektron pochta manzili; telefon raqami ko‘rsatiladi;
yangi satrdan ilmiy maqolaning qisqacha mazmuni/annotatsiya (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 4-5 qator); kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 6-10 ta) maqola Kirish, Asosiy qism, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida) qismlaridan iborat; matnda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatda keltirilgan tartibda raqamlangan shaklda, kvadrat qavsda keltiriladi.
❗️Faqatgina tartibga rioya qilingan holatda yozilgan maqolalargina tanlovga qabul qilinadi.

🏆 Har bir o‘rin bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari quydagicha rag’batlantriladi:
🥇 1-o‘rin – 7 000 000 so‘m;
🥈 2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉 3-o‘rin – 5 000 000 so‘m.
⏰ Tanlovga maqolalar 2024-yilning 5-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

👉Tanlov Nizomi va Baholash mezoni 

📨 Tanlov ishtirokchilarining maqolalari @MJGafurovna telegram  orqali qabul qilinadi

📍Murojjat uchun: M.Janiyevaga
📞 +998 903322757

Share

Tavsiya etilgan

Iyul 9, 2025