Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Konservatoriyaning Nukus filiali bitiruvchi va talaba-yoshlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Konservatoriyaning Nukus filiali bitiruvchi va talaba-yoshlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Dasturni O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Kongratbay Sharipov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali bugun ilk bitiruvchilarni katta hayotga kuzatayotgani, bitiruvchi yoshlarga hayotda o‘z o‘rnilarini topishda tinimsiz mehnat qilishlari lozimligini, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari kerakligini, o‘quv davrida olgan bilim va ko‘nikmalarini mehnat faoliyatida amaliyotga joriy etishlari kerakligini, sohani yanada rivojlantirishda o‘z salohiyatlarini safarbar qilishlari lozimligi qayd etdi va barcha bitiruvchi yoshlarni tabriklab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori Avaz Mansurov, Konservatoriyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Yulduz Xusnitdinova, Konservatoriyaning filiali direktori Rudakiy Allanbayevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Konsert dasturida taniqli kompozitorlarning musiqiy asarlari ijro etildi. Konsert yakunida muxlislarning olqishi va ular tomonidan chalingan gulduros qarsaklar sadosi chin ma’noda konsert dasturi yuksak badiiy saviyada bo‘lib o‘tganligini namoyon etdi.



