Xorijiy abituriyentlar uchun

XORIJIY FUQAROLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH  BO‘YICHA

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-son qaroriga asosan xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadilar.

HUJJATLARNING RO‘YXATI VA ULARNI TAQDIM ETISH TARTIBI

Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tegishli taʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1.O‘qishga qabul qilish haqida ariza;

2.O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan maʼlumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari (Attestat yoki diplom);

3.Sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;

4.Milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;

3.5×4.5   o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

1.Xorijiy fuqarolar oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Belgilangan tartibda taqdim etilgan suhbat natijalari O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining buyrug‘i asosida oliy taʼlim muassasalari rahbarlari o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqaradilar.

2.Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.