Musiqa nazariyasi kafedrasi

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 5150201 

Kafedra magistratura mutaxassiligi: 5А150202

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr yo‘nalishi uchun

  • Solfedjio
  • Polifoniya
  • Garmoniya
  • Mutahassislik
  • Musiqiy asarlar tahlili
  • Monodiyani nazariy asoslari
  • Nazariy-musiqiy tizimlar

Magistratura mutaxassisligi uchun

  • Mutahassislik
  • Musiqa uslublari tarixi
  • Murakkab solfedjio
  • Maqom solfedjiosi
  • Zamonaviy garmoniya
  • Zamonaviy рolifoniya
  • Zamonaviy musiqa shakli

Musiqa nazariyasi kafedrasi O`zDKning yetakchi kafedralaridan biri bo`lib, professional kadrlar tarbiyalash va tayyorlashda muhim o`rin egallaydi. Har yili kafedraning yuqori malakali mutaxassislari O`zbekiston va xorijiy musiqa bilim yurtlarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan puxta bilimli va salohiyatli mutaxassislarni yetishtirib bermoqda.

Musiqa nazariyasi kafedrasi 1946-yilda tashkil etilgan. Ko`p yillar davomida kafedra tarkibida Yu.Tyulin, Yu.Kon, I.Karelova, O.Polikarpova, A.Kotlyarevskiy, N.Yudenich, G.Balter kabi yirik fan arboblari va yetuk nazariyotchilar ishlaganlar.

1960-1995-yillar mobaynida S.Zakrjevskaya, S.Galitskaya, Yu.Plaxov, N.Bordyug, M.Kovbas, D.Shtern, L.Koval, Ye.Matsokina, A.Koralskiy, L.Krasutskaya, V.Shapkunova, I.Sotnikova, I.Malmberg, I.Fedorenko, Yu.Kats kabi yuqori malakali nazariyotchi olimlar va ulkan tajribali murabbiylar ham kafedra tarkibida o`z faoliyatlarini olib bordilar. Ular qatorida N.Kokulyanskaya, Z.Karimova, M.Rozenberg, N.Axmedxodjayeva, F.Muxtarova, A.Azimova, N.Axundjanova, S.Xisamova, S.Mirxodjayeva, V.Glinskiy, S.Matyakubova, L.Bikova singari yosh istiqbolli kadrlar ham qo`shildilar.

Shu yillarda kafedra mudiri I.Akbarov boshchiligida ilmiy-tadqiqiy va metodikjarayon ancha faollashtirildi. Xususan, 4 tadoktorlik va 27 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi; ko`plab monografiya, darslik, xrestomatiya va ilmiy-metodik maqolalar nashr yuzini ko`rdi; shu bilan birga monodiya nazariyasi va kompozitorlik ijodiyoti jabhasiga doir ilmiy tadqiqotlarga ham asos solindi.

1991-1996 yillarda kafedrani A. Azimova boshqargan. Jiddiy olim, tajribali, yuqori professional o’qituvchi I.A.Akbarovning an’analarini davom ettirdi.

1996-2014-yillar mobaynida esa F.Muxtarova kafedraga boshchilik qildi. Bu davrda kafedra a`zolari tarkibi aspirantura va magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan yosh milliy kadrlar bilan boyidi. Bakalavriat va magistratura uchun o`zbek tilidagi bir qator monografiya, darslik va o`quv qo`llanmalar nashr etildi. Xususan, garmoniya (A.Azimova), polifoniya (F.Muxtarova), zamonaviy garmoniya (A.Azimova, Sh.Ibragimova), solfedjio (S.Matyakubova), modal garmoniya (I.Malmberg) kabi manbalar shular jumlasidandir.

Kafedraning hozirgi ilmiy-tadqiqiy faoliyati quyidagi asosiy yo`nalishlarda o`z aksini topadi:

  • zamonaviy kompozitorlik ijodiyotning nazariy muammolari (garmoniya, polifoniya, shakl, janrlar, uslublar sohasida)
  • O`zbekiston kompozitorlari ijodidagi zamonaviy vositalar va yozuv texnikalari monodiyaning nazariy masalalari
  • OTM, litsey, kollej, BMSMlari uchun darslik va o`quv-uslubiy adabiyotlar yaratish
  • Xalqaro va respublika konferentsiyalarini o’tkazish va ishtirok etish.

Hozirgi kunga kelib kafedra tarkibida 3 ta professor, 2 ta dotsent, 5 ta katta o`qituvchi va 4 ta o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda.