UNUTILMAS UCHRASHUV

UNUTILMAS UCHRASHUV

Bugun, 17 oktabr kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining konsert zalida san’atshunoslik fanlari doktori, professor, xalqaro tanlovlar laureati N.Yanov-Yanovskayaning O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professor-o‘qituvchilari va “Musiqa san’ati”magistratura yo‘nalishi talabalari bilan ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy uchrashuvda olimaning yangi “Teoriya interteksta v yee proeksii na vostochnuyu muziki ” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan ijodiy uchrashuv yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Qosimxodjaeva, E.Mamadjanova, G.Tursunova, M.Abrarova, R.Tursunova, G.Umarova, F.Atamullaevalar musiqashunosga sog‘liq va ijodiy zafarlar tilab, esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar. Bu kabi uchrashuvlar musiqashunoslik ilmini yanada rivojlantirishi va magistrantlarning ijodiy qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Share