Alisher Navoiy tavalludiga 578 yilligi munosabati bilan “Olam aro mangu Navoiy” mavzusidagi video-muloqot haqida MA’LUMOT

Alisher Navoiy tavalludiga 578 yilligi munosabati bilan  “Olam aro mangu Navoiy” mavzusidagi video-muloqot haqida  MA’LUMOT

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kichik majlislar zalidajoriy yil 8 fevral kuniOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlikning Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi, vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamdaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorligida Alisher Navoiy tavalludiga 578 yilligi munosabati bilan Olam aro mangu Navoiymavzusidagivideomuloqot o‘tkazildi.

Videomuloqotda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining“O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi,professor Nurboy Jabborov, “O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Akromjon Dehqonov,“O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi IqboloyAdizova,universitetning 3-bosqich talabasiHabibullaev Muzaffar“Saddi Iskandariy” dostonida adolat,“Alisher Navoiy asarlarida shaxs kamoloti masalasining yoritilishi” kabi mavzularda chiqishlari videomuloqot ishtirokchilarida katta tassurotqoldirdi.Respublika yosh ijrochilar tanlovi g‘oliblari,O‘zbekiston davlat konsevatoriyasining                 3-bosqich talabalari Salohiddin Abdupattaev, Otabek IsoqovlariningNavoiy g‘azallaribilan ijro etilgan qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Video-muloqot yakunida ishtirokchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar, jumladan Namangan davlat universitetining  “O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi” dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Farida Karimova,Buyuk ajdodimiz Mutafakkir shoir hamda davlat arbobi Alisher Navoiyi ijodida yoshlar tarbiyasi, Vatanga muhabbat kabi his-tuyg‘uniegallagan o‘rni haqida yangi ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek fikr va mulohazalari bildirdilar.

Share