HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bryussel Qirollik konservatoriyasi direktori Oliviya Vanyon de Oliveyra O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi hamda Konservatoriya rektori Kamoliddin Urinbayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va tajriba almashish va boshqa turli masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oliviya Vanyon de Oliveyra Konservatoriyadagi musiqa cholg‘ulari muzeyi bilan tanishganligi, unda saqlanayotgan cholg‘ular va ularning tarixi haqidagi ma’lumotlar unda katta taassurot qoldirganligini hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Fransiya musiqa festivali doirasida o‘tkazilgan “Sharq-G‘arb muloqoti badiiy ijodda” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi haqidagi ijobiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bu kabi uchrashuvlar sohada tahsil olayotgan talaba-yoshlarga ilmiy va ijodiy izlanish olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga, professional kadrlarni tarbiyalashga, ta’lim jarayonlariga yangi va zamonaviy tendensiyalarni joriy etilishiga, malaka va tajriba almashish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Share