Fransuz musiqasi festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Fransuz musiqasi festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Fransuz musiqasi festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. “Sharq-G‘arb muloqoti badiiy ijodda” mavzusida tashkil etilayotgan ushbu anjumanda Fransiya, Belgiya, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya kabi davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi izlanuvchilar hamda sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Anjumanni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sayyora Gʻafurova ochib berdi hamda tashkil etilayotgan ushbu Festival va uning doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniyat va hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Deni Dyuklo so‘zga chiqib, taniqli va yosh ijodkorlar o‘rtasidagi bu kabi loyihalarni tashkil etilishi ijodkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishini hamda xalqaro konferensiya bu borada ijodkorlar, ilmiy izlanish va tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan olimlar o‘rtasida ilmiy izlanishlar va tajriba almashinuvni samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishini qayd etdi.
Konferensiya o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettiradi.

Share