Karyera kuni bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu Yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasa va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Abdullayev ochib berdi hamda Yarmarkani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlarni mehnat bozoriga integratsiya qilish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun shart-sharoit yaratish, sohada malakali kadrlarga bo‘lgan extiyojni to‘ldirish, kardlar va ish beruvchilar o‘rtasida muloqot uchun maydon yaratish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida ko‘plab bitiruvchi talabalar o‘zlari munosib deb bilgan ish joylaridagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, muloqotlar o‘tkazib, kelishuvlarni amalga oshirishdi
Tavsiya etilgan

Dolzarb_90 kun
Iyun 19, 2025

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida damli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Iyun 19, 2025

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda
Iyun 17, 2025