Jan-Batist Robenning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilayotgan Fransuz musiqa festivali doirasida jahonga mashhur fransuz organchisi va bastakori Jan-Batist Robenning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturini Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim ochib berdi hamda mazkur Festival mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishini, madaniyat va san’at yo‘nalishida hamkorlikning yangi davri boshlanganligini hamda ijodkorlar o‘rtasidagi ijodiy muhitni yanada rivojlantirishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez barcha tashkilotchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
Konsert dasturida organ musiqasining betakror durdona asarlari ijro etildi hamda muxlislar musiqa ohanglaridan bahramand bo‘lishdi. Konsert yakunida muxlislar tomonidan chalingan gulduros qarsaklar sadosi bilan Jan-Batist Roben pianinochi Frnasua Shaplenni sahnaga taklif etdi hamda birgalikda Muxtor Ashrafiyning “Kashmirda” romansini ijro etishdi.
Jan-Batist Roben Versal saroyining rasmiy organchisi hisoblanib, 7 ta yuksak mukofot sovrindori, 15 ta musiqiy albom va 60 dan ortiq asarlar muallifidir. U jahonning yetakchi ijodiy jamoalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. AQSh, Xitoy, Germaniya, Angliya va boshqa ko‘plab mamlakatlarda konsert dasturlarini amalga oshirgan.
Shu bilan birga, professor Jan-Batist Roben Angliya Qirollik akademiyasida va Versal konservatoriyasida yosh ijodkorlarga ta’lim berib kelmoqda.
Bir necha kun avval, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Jan-Batist Roben ishtirokida organ cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Fransuz musiqa festivali joriy yilning 30-aprel sanasiga qadar davom etib, ayni shu kuni badiiy rahbar va bosh dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining katta konserti bilan yakunlanadi.
Tavsiya etilgan

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan birgalikda Koreya Respublikasining Namvon shahrida shahar meri, madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirokida uchrashuvda ishtirok etishdi.
May 7, 2025

FESTIVALNING YOPILISH MAROSIMI
May 2, 2025

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
May 2, 2025