O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra endilikda Konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi turini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, talabalar o‘rtasida turli xil sport turnirlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, talabalar uchun tashkil etilgan stol tennisi to‘garagi faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bayon etilgan.
Mazkur memorandum Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi nomidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Y.Xusnitdinova hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi nomidan Federatsiya Bosh kotibi G.Mukaddasovalar tomonidan imzolandi.
Tavsiya etilgan

Dolzarb_90 kun
Iyun 19, 2025

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida damli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Iyun 19, 2025

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda
Iyun 17, 2025