15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni

Xabaringiz bor, “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” 2021-yil 7-iyundagi O‘RQ-694-son Qonuni bilan 15-aprel O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilangan bo‘lib, mazkur bayram har yili o‘ziga xos tarzda nishonlab kelinmoqda.
Qayd etish joizki, so‘ngi yillarda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, ijodkorlarni rag‘batlantirish, yoshlarni o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun ko‘plab turli tanlov va festivallar, shu bilan birga, loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Bu yangi iste’dodlarni kashf etishga, ularni katta sahnalarga olib chiqishga, yosh va iqtidorli ijodkorlarni izlab topishga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida uzoq yillardan beri samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab kelayotgan hamda soha o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabriknomalari o‘qib eshittirildi va tantanali ravishda topshirildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Y.Xusnitdinova va O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Abdullaev barcha yig‘ilganlarni bayram bilan yana bir bor tabriklab, ularga o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etishdi.
Tavsiya etilgan

Dolzarb_90 kun
Iyun 19, 2025

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida damli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Iyun 19, 2025

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda
Iyun 17, 2025