Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 2-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirildi, ushbu sohadagi bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Ayni vaqtda bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriy islohotlar doirasida transformatsiya qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi funksiyalari va vazifalarining alohida vazirliklarga o‘tkazilishi, shuningdek Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining qayta tashkil etilishi ularning rasmiy nomlanishini va vakolatlarini aniqlashtirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini talab etmoqda.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Sport vazirligining, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi 152-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31-33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 10, 795-modda) 19-moddasi 1-bandining oltinchi xatboshisidagi “oliy o‘quv yurtlari” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-394-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
o‘quv-tarbiya jarayoni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etadi;
o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari (“Barkamol avlod”) hamda oliy ta’lim tashkilotlari talabalari (“Universiada”) o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etadi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari sport obyektlarining moddiy-texnika va resurs bazasi saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlaydi;
o‘quvchilar va talabalarga sog‘lom turmush tarzini, sport bilan shug‘ullanishning muhimligi, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish tushunchasini singdirishga, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga hamda zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘quvchilar va talabalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, jinsi va yoshiga qarab ularga sport ko‘nikmalarini singdirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga ko‘maklashishni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
2) 11-modda:
nomi va birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
3) 29-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim oluvchilar ishtirokida sport tadbirlarini, shu jumladan maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ta’lim muassasalari o‘quvchilari (“Umid nihollari”), o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari (“Barkamol avlod”) hamda oliy ta’lim tashkilotlari talabalari (“Universiada”) ishtirokida uch bosqichli sport musobaqalari tashkil etilishi va o‘tkazilishiga ko‘maklashish”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi 768-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida — yangi o‘quv yili boshlanishi va o‘quv yili tugashi marosimlari chog‘ida”;
2) 8-moddaning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim tashkilotlarida ijro etish — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib belgilab qo‘yadigan qoidalar bilan tartibga solinadi”;
3) 9-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik to‘g‘risida”gi 165-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 1, 7-modda) 18-moddasining birinchi xatboshisidagi “oliy o‘quv yurtlari” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda) 8-moddasining birinchi qismidagi “o‘quv yurtlari” degan so‘zlar “ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-502-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 82-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 13-moddaning uchinchi qismidagi “oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 11, 919-modda) 53-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 9, 540-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilmiy-tadqiqot muassasalari, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilishi mumkin emas”;
2) 13-moddaning to‘qqizinchi qismidagi “oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlariga ta’limning kunduzgi shakliga o‘qishga qabul qilingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi 80-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 151-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 16-moddasining birinchi qismidagi “Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari” degan so‘zlar “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi 402-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 922-modda) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari” degan so‘zlar “O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari, oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 12, 881-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 265-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 20-moddaning uchinchi qismidagi “umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining” degan so‘zlar “umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 29-moddaning to‘rtinchi qismidagi “kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga” degan so‘zlar “professional va oliy ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 63-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “davlat ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “davlat ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi muassasalarida” degan so‘zlar “professional davlat ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 70-modda birinchi qismining 1-bandi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tashkilotlari, bolalar uylari, davlat ta’lim tashkilotlarini axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi davlat ta’lim tashkilotlari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari”;
uchinchi xatboshisidagi “oliy o‘quv yurtlarining” degan so‘zlar “davlat oliy ta’lim tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 107-modda to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining” degan so‘zlar “umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional davlat ta’lim tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda) 26-moddasining to‘rtinchi qismidagi “oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-443-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 507-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda) 11-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek tarkibida ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan huquqiy axborot bilan ta’minlanadi”.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddaning:
nomidagi “Oliy ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Oliy ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oliy ta’lim muassasalarining” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oliy ta’lim muassasalari” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Oliy ta’lim muassasalari” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy salohiyatini oshirishga oliy ta’lim tashkilotlari, bo‘ysunuvida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uldir”;
oltinchi qismidagi “Oliy ta’lim muassasasining” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 25-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 889-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 4, 290-modda, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 9-modda chiqarib tashlansin;
3) 10-moddaning:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’limning nodavlat ta’lim xizmatlarini (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) ko‘rsatish sohasidagi faoliyati uchun litsenziyalar beradi”;
o‘n sakkizinchi xatboshisi yigirma uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 11-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 13-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 19-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’limning nodavlat ta’lim xizmatlarini (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) ko‘rsatish sohasidagi faoliyati uchun litsenziya asosida amalga oshiradi”;
8) 20-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 21-moddaning:
birinchi qismidagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi” degan so‘zlar “Maktabgacha ta’limning nodavlat ta’lim xizmatlarini (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) ko‘rsatish sohasidagi faoliyati uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 22-moddaning birinchi qismidagi “Davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 26-modda:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi”;
ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga”;
sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 27-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari huzuridagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 34-moddaning:
oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 43-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 46-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalari hamda maktabgacha va maktab ta’limi organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
17) 47-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari maktabgacha va maktab ta’limi organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sog‘liqni saqlash organlari maktabgacha va maktab ta’limi organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning sog‘lig‘i holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) ta’minlaydi”;
18) 50-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga kelishishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi”;
oltinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim bo‘limlariga” degan so‘zlar “maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 52-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 56-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 243-modda birinchi qismi 10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “texnik va kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim” degan so‘zlar “professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 369-modda birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan o‘quvchilar va talabalarning O‘zbekiston Respublikasi professional va oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari”;
3) 374-moddaning 14-bandidagi “oliy o‘quv yurtini” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar) ilovaning 29-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyulda qabul qilingan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-630-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 450-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning birinchi qismidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan so‘zlar “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 31-moddaning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 32-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” degan so‘zlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining” degan so‘zlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining” degan so‘zlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini” degan so‘zlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 37-moddaning matnidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan so‘zlar “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 101-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
“kompleks davlat akkreditatsiyasi — o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon;
maxsus davlat akkreditatsiyasi — o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladigan jarayon”;
oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“ta’lim dasturi — davlat ta’lim standartlariga, kasb standartlariga va milliy (tarmoq) malaka doirasiga muvofiq ishlab chiqilgan ta’lim standartlaridan, o‘quv rejalaridan, o‘quv dasturlaridan va tegishli uslubiy ko‘rsatmalardan iborat normativ-uslubiy hujjatlar majmui”;
o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“xalqaro akkreditatsiya — ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirishga vakolat berilgan va xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarining reyestriga kiritilgan xalqaro ta’lim sifatini ta’minlash tarmoqlarining to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jarayon”;
2) 9-modda:
“Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida, davlat ta’lim standartiga muvofiq tashkil etadi”;
o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 11-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan belgilanadi”;
4) 23-modda birinchi qismining:
to‘rtinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar “vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini tasdiqlash, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, nodavlat ta’lim tashkilotlariga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash to‘g‘risida xabardor qilish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini belgilaydi”;
oltinchi xatboshisi “ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlardan keyin “(bundan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari (davlat ulushi bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, qo‘shma ta’lim tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari va boshqalar) rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi”;
o‘n sakkizinchi xatboshisi “parametrik talablarni belgilaydi” degan so‘zlardan keyin “(bundan o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshisi “talablarni belgilaydi” degan so‘zlardan keyin “(bundan o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 24 va 25-moddalar chiqarib tashlansin;
6) 26-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridir.
iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti) va davlat ta’lim talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga hamda kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yilgan talablarning ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti) hamda davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni tasdiqlaydi;
o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishlari, professional ta’limning kasblar va mutaxassisliklari, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta’lim sohalari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi;
ta’lim tashkilotlarini (bundan maktabdan tashqari ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek unda ishtirok etadi;
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi (bundan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim tashkilotlari mustasno);
o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi, faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan shaxslardan xabarnomalar qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi;
davlat oliy ta’lim tashkilotlarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilaydi;
o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi;
ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi;
Ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda ular hududiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi taqiqlanadi”;
7) 30-modda:
birinchi xatboshisidagi “ta’lim muassasalari” degan so‘zlar “ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim tashkilotlarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi”;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat statistika organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi”;
8) 32-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan”;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan”;
9) 34-moddaning:
beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada ko‘rsatilgan ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim tashkilotlarini belgilaydi”;
sakkizinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy, professional, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar va idoralar davlat ta’lim standartlarini tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi”;
o‘n ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari, malaka talablari hamda o‘quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin”;
10) 35-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli davlat ta’lim tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
“Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini kasbiy standartlar asosida mustaqil tasdiqlashga, shuningdek ta’lim tilini hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining va magistratura mutaxassisliklarining xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim shaklini belgilashga haqli”;
uchinchi — o‘n ikkinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘n uchinchi qismlar deb hisoblansin;
o‘n birinchi qismidagi “ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi” degan so‘zlar “ta’lim tashkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 38-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “oliy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Davlat ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda, ushbu ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi”;
to‘qqizinchi qismidagi “Oliy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi qismining o‘zbekcha matnidagi “Oliy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “Oliy ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 42-moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim tashkilotlarining monitoringi ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axborot ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining, shuningdek ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta’lim tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, ta’lim tizimi monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi”;
13) 43-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘maklashadi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlangan hollarda ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomuvofiqlikni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini qonunchilikka muvofiq bekor qilishga haqli”;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati, shuningdek litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi”;
14) 49-moddaning birinchi qismi “tashkilotlarida” degan so‘zdan keyin “(bundan o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
15) 57-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
16) 571, 58 va 59-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Maktabdan tashqari ta’lim hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga doir faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shaklidagi faoliyat esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.
58-modda. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
O‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni va oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari, bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga, shuningdek ta’lim dasturlariga muvofiqlik jihatidan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Attestatsiya va kompleks davlat akkreditatsiyasi ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi baholash bosqichlarida o‘tkaziladi.
Tashqi baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan kundan e’tiboran belgilangan muddatga akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta ta’limni amalga oshiruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari tegishli litsenziya olingan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddat davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyalari tuziladi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari respublikada tan olinadigan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi va ularning reyestrlarini yuritadi.
Davlat akkreditatsiyasi ta’lim tashkilotining attestatsiyasi asosida, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyalari esa tashqi baholash asosida amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotining maqomini va uning faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, unga davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus akkreditatsiyalarning amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organining qarori bilan tugatiladi.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yoki sertifikatda ko‘rsatilgan shartlar buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti tomonidan bartaraf etilmagan hollarda ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan davlat akkreditatsiyasi, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiya to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishini bekor qilish haqida qaror qabul qiladi.
Davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining reyestrlariga kiritiladi va bu haqdagi ma’lumotlar ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiya mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi.
Ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
17) 60-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
18) 61-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
19) 62-moddaning sakkizinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 11-modda to‘qqizinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “oliy o‘quv yurtidan keyingi” degan so‘zlar “oliy ta’limdan keyingi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 38-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “oliy o‘quv yurtidan keyingi” degan so‘zlar “oliy ta’limdan keyingi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 109-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan” degan so‘zlar “ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 111-modda sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “oliy o‘quv yurtlariga” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda, № 11, 923, 924-moddalar) 19-moddasining yettinchi qismidagi “oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, №11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. | Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | Maktabgacha ta’lim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno); |
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari; | |||
o‘rta maxsus ta’lim xizmatlari; |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
||
professional ta’lim xizmatlari; | |||
oliy ta’lim xizmatlari; | |||
oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlari; | |||
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash. |
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
||
2) 3-ilova:
11-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Tavsiya etilgan

Jan-Batist Roben ishtirokida organ cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Aprel 18, 2025