Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez hamda Fransiya elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serge Bellini O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rasmiy tashrif buyurdi

Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez hamda Fransiya elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serge Bellini O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya mamlakatlari o‘rtasidagi musiqiy aloqalar, hususan, musiqiy ta’lim, san’at sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muzokara davomida Fransiya musiqiy ta’lim tizimi va uning boy tarixiy merosi, O‘zbekistonda klassik musiqa san’atining rivojlanishiga katta ta’siri, o‘zaro musiqiy tajriba almashinuvi, san’at sohasidagi qo‘shma loyihalar yaratish imkoniyatlari hususida ham so‘z bordi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv klassik musiqa san’atni rivojlantirishiga va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga yordam beradi.
Shuni ta’kidlash mumkinki, musiqiy festivallar, qo‘shma master-klasslar va boshqa hamkorlik tadbirlari va musiqiy aloqalar mustahkamlanishi, mamlakatlar orasidagi san’at va madaniyatni bir-biriga yanada yaqinlashtirishga, musiqiy did va ijro etish mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
Shundan so‘ng, Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez hamda Fransiya elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serge Bellini O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi “Milliy cholg‘ular” ilmiy-ishlab chiqarish ekspremintal laboratoriyasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Tavsiya etilgan

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan birgalikda Koreya Respublikasining Namvon shahrida shahar meri, madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirokida uchrashuvda ishtirok etishdi.
May 7, 2025

FESTIVALNING YOPILISH MAROSIMI
May 2, 2025

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
May 2, 2025