Umrini musiqa san’ati rivojiga bag‘ishlagan inson

Umrini musiqa san'ati rivojiga bag‘ishlagan inson

6 fevral kuni atoqli dirijyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, «Turkiston» kamer orkestri rahbari Eldar Azimovning 80 yosh yubileyi nishonlandi. Uning nomi nafaqat akademik musiqa bilimdonlariga, balki ko‘plab poytaxt aholisiga ham yaxshi tanish.

Ustozning shaxdam qadam tashlashi va qaddi-qomatiga qarab, uning yoshiga ishonish qiyin. Biroq gap faqat tashqi ko‘rinishda emas. Uning dunyoqarashi, hayotiy faolligi, odamlarga munosabati hamisha navqiron bo‘ladi. Uning ijodi ham ana shunday tarovatga to‘la. Eldar Sarvarovich – beg‘ubor did, qat’iy musiqiy tamoyillarga ega inson. U o‘z ishiga chin dildan sodiq va o‘z tanloviga hech qachon shubha qilmasdan musiqa bilan yonishda davom etmoqda.

E’tiborlisi, bu yil nafaqat ustozning o‘zi, balki 30 yoshga to‘lgan «Turkiston» kamer orkestri ham yubileyi nishonlamoqda. Bu jamoa dirijyorning hayotida, o‘zining butun kuch-g‘ayrati, tajribasi va qalb haroratini baxshida etgan insonda alohida o‘rin tutadi.

Eldar Sarvarovich Azimovni yana bir bor TABRIKLAYMIZ

 

Share