15-yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Turdimuratovich Urinbayev “Россотрудничество”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Staroselskaya Irina Aleksandrovna, gumanitar va yoshlar dasturi koordinatori Voytexovskiy Rostislav Andreyevich va madaniy dasturlar koordinatori Pirova Oksana Vasilyevnalar bilan uchrashdi.

15-yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Turdimuratovich Urinbayev “Россотрудничество”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Staroselskaya Irina Aleksandrovna, gumanitar va yoshlar dasturi koordinatori Voytexovskiy Rostislav Andreyevich va madaniy dasturlar koordinatori Pirova Oksana Vasilyevnalar bilan uchrashdi. Tashrifning asosiy maqsadi musiqa ta’limi va san’at sohasida tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash bo’ldi. Uchrashuv davomida tomonlar muzokaralar yakuni bo’yicha rejalashtirilgan qo’shma madaniy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Shunda so‘ng “Россотрудничество”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Aleksandrovna hamda tashrif qatnashchilarini O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi “Milliy cholg‘ular” ilmiy-ishlab chiqarish ekspremintal laboratoriyasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Tavsiya etilgan

Jan-Batist Roben ishtirokida organ cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Aprel 18, 2025