9–14-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi delegatsiyasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida Fransiyadagi Versal konservatoriyasiga tashrif buyurdi

9–14-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi delegatsiyasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida Fransiyadagi Versal konservatoriyasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Sayyora Gafurova (Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor), Pavel Batskix (doktorant (PhD), Musiqali teatr-studiya direktori) va Firuza Abdurahimova (“Orkestr dirijyorligi” kafedrasi professori) o‘rin oldilar.
Tashrif maqsadi musiqiy ta’lim va san’at sohasida tajriba almashish hamda hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida delegatsiya Versal konservatoriyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, musiqa ta’limining dolzarb masalalari hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
Tavsiya etilgan

Karyera kuni bo‘lib o‘tdi
Aprel 21, 2025

Jan-Batist Robenning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
Aprel 21, 2025

Fransua Shaplen ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Aprel 21, 2025