Hurmatli talabalar diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Eng faol yil talabasi 2024″ Respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak bo‘ladi:
– nomzodning qobiliyati, o‘zlashtirishi, erishgan natijalari va jamoat ishlaridagi qatnashuvi aks etgan ikki varaqdan ortiq bo‘lmagan taqdimot;
– hujjatlar nusxalari (reyting daftarchasi);
– ilmiy maqolalar va ijodiy ishlarning nusxasi (mutaxassislarning taqrizi bilan birga);
– maqtov yorlig‘i, Xalqaro va Respublika tanlovlarida, konferensiya va seminarlarda ishtiroki haqidagi diplom nusxalari;
– grantlarda qatnashganligini, ularning nomi, moliyalashtirish hajmi va qatnashganlik darajasi aks etgan hujjatlar.
Konferensiyalarda qatnashganligi, ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari ilova shaklida rasmiylashtiriladi.
Yuqorida qayd etilgan barcha materiallar shu yilda e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Hujjatlar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish ishlari bo‘limiga 2024-yilning 22-oktabr sanasiga qadar taqdim etilishi lozim. To’liq ma’lumot olish uchun @UzDK_iqtidorlitalabalar yoki @MJGafurovna ga murojaat qiling.
Tavsiya etilgan

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan birgalikda Koreya Respublikasining Namvon shahrida shahar meri, madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirokida uchrashuvda ishtirok etishdi.
May 7, 2025

FESTIVALNING YOPILISH MAROSIMI
May 2, 2025

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
May 2, 2025