“Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” shiori ostida hisobot konsert dasturi o‘tkazdi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti, Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamda Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi hamkorlikda Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” shiori ostida hisobot konsert dasturi o‘tkazdi.
🔸Konsert davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi birinchi prorektori Y.Xusnitdinova konsert dasturi avvalida soʻzga chiqib bir qator iqtidorli talaba-yoshlarni taqdirladi. Konsert davomida iqtidorli talaba-yoshlar hamda elimiz ardogʻidagi san’atkorlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
📌Shuningdek, konsert dasturida O’zbekiston Xalq artistilari Jenispek Piyazov, Farrux Zokirov hamda Gavhar Zokirovalar o’z chiqishlari bilan barchani xushnud etdi.
Tavsiya etilgan

Dolzarb_90 kun
Iyun 19, 2025

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida damli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Iyun 19, 2025

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari davom etmoqda
Iyun 17, 2025