E’lon

E'lon

1-kurs talabalari diqqatiga!

Sizlarni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga qabul qilinganingiz bilan samimiy tabriklaymiz!
Joriy yilning 6-sentabr sanasidan sizlarda dastlabki tanishtiruv haftaligi,
13-sentabrdan e’tiboran esa o‘quv rejasiga muvofiq darslar boshlanadi.
Shuningdek, 1-kurs talabalari quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestatning asli ilovasi bilan birga;
4. Xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo‘lsa);
5. 3.5х4.5 foto 12 dona;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (skorosshivatel);
7. A5 formatdagi konvert;
8. Sharoiti og‘ir yoki kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat (agar bo‘lsa) talabalar turar joyiga joylashish uchun;
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo‘lsa).
10. Vaksina olganligi to‘g‘risida sertifikat (agar bo‘lsa).
Sizlarni ertaga, 2021-yil 6-sentabr kuni soat 8:30 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining asosiy kirish eshigi oldida kutamiz.
Klassik uslubdagi kiyim-boshda kelishingizni so‘rab qolamiz.

2-3-4-bosqich talabalari uchun darslar joriy yilning 6-sentabr sanasidan o‘quv rejasiga muvofiq boshlanadi.
Barchangizga o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlab olishingizni tilaymiz!

Share