Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Milliy maqom san’ati” respublika tanlovi

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Milliy maqom san’ati” respublika tanlovi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining

2021 yil 3 maydagi “Ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularni o‘z ichiga olgan tanlovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 208-sonli buyrug‘ining 6-ilovasiga muvofiq “Milliy maqom san’ati” respublika festivalini tashkil etish topshirig‘ini ijrosini bajarish maqsadida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Milliy maqom san’ati” respublika festival tanlovining nabatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur “Milliy maqom san’ati” respublika festivalining navbatdagi bosqichida ishtirok etishgan talaba-yoshlarni nizom talablari bo‘yicha ijro mahoratlari Hakamlar hay’ati raisi O‘zDKning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova hamda komissiya a’zolari Yu.Rajabiy nomidagi MMSI katta o‘qituvchisi M. Vaisov, katta o‘qituvchi A.Jo‘raev, dotsent Sh.Matyakubovlar tomonidan baholanib, Toshkent moliya inistitutining 3-bosqich talabasi Madaminov Fatxulla Zokirjon o‘g‘li keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Fatxulla Madaminovning milliy maqom san’tiga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini ko‘rib, mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

Share

Tavsiya etilgan