Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda buyuk chex kompozitori Antonin Dvorjak tavalludining 180 yilligi munosabati bilan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vatslav Yilek, Elchi janoblarining o‘rinbosari Roman Krasnitski, konservatoriyaning pedagogik jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Konferensiyada mavzu yuzasidan chexiyalik va o‘zbekistonlik tadqiqotchilar va talaba-yoshlarning ma’ruzalari tinglandi hamda A. Dvorjak haqidagi videofilm namoyish qilindi.
Tadbir chexiyalik skripach Mateush Perushka va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqachilari – Dmitriy Ovchinnikov va Tatyana Myakushkolarning ijodiy uchrashuvi bilan yakunlandi.
Shu kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Chexiya Ijrochilik san’ati Akademiyasi o‘rtasida imzolangan ijodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ikki davlat o‘rtasida san’at va madaniyat sohalari rivojida muhim qadam bo‘ladi deb umid qilamiz.

Share