“Yilning eng yaxshi talabasi” tanlovi

“Yilning eng yaxshi talabasi” tanlovi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida joriy yilning 26-apreldan 3-mayga qadar davom etgan “Yilning eng yaxshi talabasi” tanlovi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, ariza bergan 85 kishidan 7 nafar talaba finalga chiqdi. Tanlovda tinglash orqali sohaning yetuk mutaxassislaridan tuzilgan hakamlar hay’ati sovrinlarni quyidagicha taqsimladi:
1-o‘rin. Sardor Ibragimov (1-bosqich magistranti, violonchel). J. Verdi nomidagi Milan (Italiya) konservatoriyasida 2 haftalik malaka oshirish **bilan taqdirlandi;
**2-o‘rin. Abdullayeva Inoyatxon (3-bosqich, maxsus fortepiano) va Imomnazarova Xadicha (2-bosqich, akademik xonandalik). N. A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg (Rossiya) Davlat konservatoriyasida 2 haftalik malaka oshirish bilan taqdirlandilar;
3-o‘rin. Zaripov Abdulaziz (2-bosqich, marimba). Qozog‘iston Milliy san’at universitetida (Nursulton) 2 haftalik malaka oshirish bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, o‘rin olmagan barcha final bosqichi ishtirokchilari maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
G‘oliblarimizni tabriklaymiz! Ushbu tadbir sizlarni bizning boshqa ko‘plab tanlovlarimizda qatnashishga ilhomlantiradi, deb umid qilamiz.

Share