O’zbekiston davlat konservatoriyasida tantanali uchrashuv bo’lib o’tdi

O’zbekiston davlat konservatoriyasida tantanali uchrashuv bo’lib o’tdi

2021 yil 5 may kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev va Qozog’iston Milliy sanat universiteti rektori, Qozog’iston xalq artisti, UNESKO artisti, Qozog’iston Respublikasi Birinchi Prezidentining tinchlik va rivojlanish Davlat mukofoti laureati Ayman Musaxadjayevaning tantanali uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv doirasida o’quv yurtlari o’rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan ikki tomonlama hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi. Bu kabi uchrashuvlar davlatlarimiz o’rtasida madaniyat va ta’lim yo’nalishidagi aloqalarni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi deb umid qilamiz.

Share

Tavsiya etilgan