«Stol tennisi» bo‘yicha konservatoriya birinchiligi g‘oliblari aniqlandi

«Stol tennisi» bo‘yicha konservatoriya birinchiligi g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-yoshlari o‘rtasida sportning «Stol tennisi» bo‘yicha konservatoriya birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan o‘yinlarda jami 64 nafar talabalar yigitlar va qizlar guruhida ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:

O‘g‘il bolalar

1 – o‘rin   –  Karimov Akrom       Xalq cholg‘ulari ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

2 – o‘rin    – Jo‘raev Axror          Xalq cholg‘ulari ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

3 –  o‘rin    – Shodiev Shoxrux     Xalq cholg‘ulari ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Qiz bolalar

1– o‘rin   – Yuldosheva Sevara   Kasb ta’lim ijrochilik ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

2– o‘rin   – Safarova Zumrad  Fortepiano mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

3– o‘rin   – Muxtorova Nigora  Akadem xonandaligi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Sazovar bo‘ldilar. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 4 mart kuni soat 12-00 da kichik zalda bo‘lib o‘tadi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Share