Qabul – 2020. Abiturientlar diqqatiga!

Qabul – 2020. Abiturientlar diqqatiga!

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun xorijdan turib ro’yxatdan onlayn o’tgan abiturientlar O’zbekistonga test sinovlari boshlanishidan kamida uch hafta oldin kelishi kerak.

Imtihonlarda abiturientlarning ota-onalari uchun alohida kutish (to’planish) joylari tashkil qilinmaydi, ular barcha binolardagi test sinovlarini (test2020.uz sayti orqali) onlayn kuzatib borishlari mumkin.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari nomzodlariga istisno tariqasida test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo’lgan harbiy bo’lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarini tanlash huquqi berildi.

Share