![]() |
XAMDAMOVA SAYYORA XUSENOVNA | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Filologiya fanlari nomzodi, dotsent | |
Lavozimi: | O’zDK XQQ BT raisi | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +99890 3266259 | |
E-mail: |
O’zbekiston davlat konservatoriyasi xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti
O’zbekiston davlat konservatoriyasi xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti jamoatchillik asosidagi tashkilot hisoblanib, yillar davomida boshlang’ich tashkilot qo’mita raisi lavozimida O’zDK da uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan F.Shukurova, Sh.Safayeva singari professor o’qituvchilar rahbarlik qilib kelgan. Xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilot raisi lavozimida 2013 yildan to bugungi kunga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.Xamdamova ishlab kelmoqda. O’zDK da bugungi kunda uchda fakultet bo’lib, har bir fakultetda alohida xotin qizlar qo’mitasi raislari faoliyat olib boradi.
Boshlang’ich tashkilotning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Boshlang;ich tashkilotning asosiy maqsadi-jamiatda iqtisodiy ijtimoiy islohatlarni hayotga tadbiq etish jarayonlarida xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniy man’fatlarini himoya qilish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishida xotin-qizlarning faol ishtrokini ta’minlash, onalik va bolalikni muxofaza etish, mustahkam oilalarni barpo etish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, xotin-qizlarni turli yot oqimlar ta’siridan ximoya qilish xamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishdan iboratdir.
- Boshlang’ich tashkilot o’z maqsadlariga erishish uchun jamoatchilik nazoratini o’rnatadi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Xotin qizlarning jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini , xuquqiy bilimlarini oshirish, ayniqsa qishloq ayollarining xuquqiy madaniyatini oshirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o’rganish va bartaraf etilishiga ko’maklashish;
- Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jnalik va bolalikni muhofaza qilish, salomatliklarini tiklashda ko’maklashish, shuningdek turli xil kasalliklarprofilaktikasini tizimli tashkil etish maqsadida tegishli mutaxassislar (psixolog, ginekolog, mammolog, nevropatolog) maslahatidan ajqlfkfybi xizmatini hamda tibbiy ko’rikdan o’tqazish tartibini yo’lga qo’yish;
- Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar uchun havfsiz, qulay va munosib mehnat sharoitlarining yaratilishi, ular uchun ovqatlanish, kiyinish va dam olish xonalari ajratilishida ko’maklashish, shuningdek ta\til vaqtlarida sog’lomlashtirish va dan olishlarini tashkil qilish kabi ijtimoiy-iqtisodiy maanfatlari bilan bog’liq masalalarni korxona, tashkilot va muassasa va raxbariyati bilan ijtimoiy sheriklik asosida hal etish;
- Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlarning oilalaridagi ijtimoiy-ma’naviy muxitni yaxshilash va bu borada jamoat tashkilotlari bilan uzviy xamkorlikni yo’lga qo’yish;
- Xotin-qizlarning ma’naviy, intellectual, kasbiy salohiyatini va mehnat faolligini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirib borishi uchun shart-sharoitlarini yaratish hamda ularning jamoat ishlarida manzilli ishtrokini ta’minlash;
- Mehnat munosobatlarini to’g’ri yo’lga qo’yilishida, ayollar bandligini ta’minlashda, tadbirkorlikni va kasanachilik mehnatini rivojlantirishda, o’qish va malakasini oshirishda ko’maklashih, mehnat faoliyatini rag’batlantirish;
- Kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofaza muhtoj, imkoniyati cheklangan, nogiron xotin-qizlar va yolg’iz ayyolarga har tomonlama ko’maklashish;
- Xotin qizlar o’rtasida milliy g’oya, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga sodiqlik tuyg’ularini shakllantirish, qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, ularni oilaga tayyorlash yo’nalishida korxona, tashkilotlar va muassalarida alohida reja asosida “Ma’naviyat soatlari”, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, seminar, konferensiyalar o’tkazish;
- Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik, aqidaparastlik turli nosog’lom diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish;
- Xalqimizning ruxiyatiga, turmush tarziga yot bo’lgan xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, foxishabozlik, o’z joniga qasd qilish kabi holatlarning oldini olish, kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalariga amal qilish bo’yicha zarur choralarni ko’rish;
- Korxona, tashkilot va muassalar qoshida xotin-qizlarning qiziqish va intilishlarini inobatga olgan holda ayollar, bolalar va oilalarni ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy va ma’naviy-axloqiy bilimlarini mustahkamlovchi turli klublar faoliyatini yo’lga qo’yish, ularga o’z iqtidorlarini namoyish etishlarida ko’maklashish;
- Xotin-qizlarning kitob mutoalasiga qiziqishlarini oshirish va kitobhonlik madaniyatini shakllantirish, ish jarayonida kundalik faoliyatida foydalanish uchun zamonaviy va milliy adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonalarga muntazam borishlarini tashkil etish;
- Kollejlarda bitiruvchi qizlarni, mehnat xuquqi va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning xuquqiy jihatlari masalalari bo’yicha ,bilimlar sifatini oshirishga yo’naltirilgan o’quv seminarlarini tashkil etish, tadbikorlik faoliyatini barcha yo’nalishlari bo’yicha tushintirish ishlarini tashkil etish;
- Yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faolikka yo’naltirish, ular o’rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug’ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo’lgan oilalar turmush tarzini keng targ’ib qilish;
- Turli oilaviy tadbirlar va marosimlarni ixchamlashtirish choralarni ko’rish, shuningdek oilalarda qaynona kelin munosabatlarni mustahkamlash , oilaviy nizolarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida o’z xududiga mahalla fuqarolar yig’ini qoshida tashkil etilgan “Qaynonalar kengashi” jamoatchillik tuzilmasi faoliyatiga ko’maklashish hamda “Mehribon qaynona va oqila kelin” rukni aholi bilan doimiy , manzilliy muloqotlar o’tkazish, bu borada ularning muammolarini hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- Xotin-qizlarning sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, turli sport musobaqalarini tashkillashtirish, sport bilan shug’ulantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabi isharni amalga oshiradi.
O’zbekiston davlat konservatoriyasi xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti tarkibi:
№ | Familiyasi | Lavozimi | Saylangan muddati | |
1. | Xamdamova S. | O’zDK XQQ BT raisi | 04.09.2013 | |
2. | Qurbonova G. | BOCHS fakulteti XQQ raisi | 02.10.2015 | |
3. | Toshpo’latova I. | O’zMI fakulteti XQQ raisi | 04.10.2013 | |
4. | Abdullayeva E. | Fortepiano, akadem xonandalik va xor derijorligi fakulteti XQQ raisi | 08.09.2017 |
Joriy yilda o’tkaziladigan tadbirlar :
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyosini rivojlantirish, ularning kelajakda ijtimoiy hayotda o‘z huquqlari va majburiyatlarini anglash malakalarini shakllantirish maqsadida O‘zDKda 12.09.16 da “El ardoqlagan ijodkor ayollar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
19.10.2017 va 20.10.17 da O’zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zalida va faollar zalida
19.10.2017 va 20.10.17 da O’zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zalida va faollar zalida “Ona tilim – joni dilim” mavzusida talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
08.02.2017 da A.Navoiy va Z.M.Boburlarning tavallud topgan kuni munosabati bilan shoirlarning poyiga gullar qo‘yish va tantana chiqish uyushtirildi.
10.03. 2017 da Erta turmushga chiqishning oldini olish maqsadida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
03.02.17 da “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida Shayxontoxur tuman xokimiyati faollar zalida tumandagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlari ijodkor talaba-qizlar o‘tasida tanlov o‘tkazish va uyushtirishda tuman xotin –qizlar qumitasi va O‘zDK xotin-qizlar qumitasi faollik qildi.
03.03.17 kuni “ 8-mart – Xalqaro xotin qizlar” bayrami munosabati bilan “Balli qizlar” bayram tadbiri o‘tkazildi.
14.04.2017. da “San’atkor qiz odobi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Shayxontoxur tumani xokimiyati va tuman faollari taklif etildi. Kecha esda qolarli tarzda o‘tdi.
“9-may Xotira va qadrlash kuni “ munosabati bilan 6.05.2017 da
Konservatoriyada uzoq yillar ishlab ketgan ustozlar dots. J.A. Nazarova va V.Ya.Filipovalar xonadoniga tashrif buyurilib, ular bilan dildan suhbat qilindi.
12.05.2017. “O‘z joniga qasd qilish – og‘ir gunoh” mavzusida O’zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari bilan davra suhbati olib borildi.
O‘quv yili davomida O’zbekiston davlat konservatoriyasi XQQBT tomonadan o‘tkazilgan barcha tadbirlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
«Yosh pazanda» tanlovi
1- mart 2018 yil O’zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi «Yosh bekajon» to’garagida «Yosh Pazanda» tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda OCHESF ning 2 ta guruhlari qatnashdi. Mazkur tanlov jarayonida 1- o’rinni Durdona Murodava 2- o’rinni Nodira Egamberdiyevalarga nasib etdi. To’garak rahbari Mohina Abrorova shirinlik tayyorlashning sir-asrorlarini o’rgatdi.