![]() |
KADIROVA SEVARA PULATOVNA | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Dotsent | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Dushanba-juma soat 14:00dan 17:00gacha | |
Tel.: | +99890 949 04 09 | |
E-mail: | ksevara@yandex.ru | |
Kafedra tarixi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor M.Semyonov tashabussi bilan 1943-yili ushbu kafedraga asos solindi.
Turli yillarda kafedrada V.Veselova (dirijyorlik kurslari, xor adabiyotlari, bolalar musiqa tarbiyasi metodikasi), A.Pavlinova (dirijyorlik va partitura o‘qish), Z.Ievskaya (yakka xonandalik), Sverdlov nomli teatr va balet bosh xormeysteri N.Priselkov (dirijyorlik), Leningrad konservatoriyasi bitiruvchisi V.Knyazatov (xor dirijyorligi, aranjirovka)lar samarali, fidokorona faoliyat yuritishdi.
Keyinchalik kafedrada teatr va balet xormeysteri L.Shamshin (dirijyor, xor kafedra bitiruvchisi) Ye.Kenzer, I.Kalnitskaya, S.Valenkov, A.Vasilyeva, Ye.Gudkova, E.Melik-Karamyan, R.Xublarov, V.Kaltman, Ye.Nechaev, M.Polonskiylar xor dirijyorligi ta’lim va san’at rivojiga katta hissa qo‘shdilar.
1960-70 yillarda kafedra o‘qish davrida o‘zini ko‘rsatgan bitiruvchilar B. Umidjonov, N.Qoziev, M.Azimov, S.Shodmonov, Ye.Belova, D.Qurbanova, Sh.Ro‘ziev, S.Maxmudova, I.Tverdoxlebova, N.Baxriddinova, A.Hakimova, L.Jumaeva, N.Sharafieva, B.Shamaxmudova, I.Chernikova, T.Mamikonyanlar bilan boyitildi.
2000-yildan beri kafedrada assistent-stajirovakani va magistraturani muvaffaqiyatli tugatgan F.Qo‘ldoshev, S.Kadirova, Yu.Xusnitdinova, M.Aripov, N.Mirzaeva, D.Matsinova, B.Shaxnazarovalar faoliyat yurita boshladilar.
Ayni paytda kafedrada professorlar – N.Baxriddinova, A.Hakimova, L.Djumaeva, N.Sharafieva, B.Shamaxmudova, dotsentlar – S.Kadirova, Yu.Xusnitdinova, katta o‘qituvchilar T.Mamikonyan, M.Aripov, D.Matsinova, o‘qituvchi B.Shaxnazarova faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra a’zolarining asosiy maqsadlaridan biri bu – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarining o‘quv, ilmiy va kontsert faoliyatini rivojlantirishdir. Xor dirijyorligi talabalar xoriga professorlar L.Djumaeva, N.Sharafieva, dotsent S.Kadirovalar rahbarlik qilishmoqda.
So‘nggi o‘n yillikda talabalar jamoasining qator xalqaro loyihalarda (Konrad Adenauer fondi, Germaniya va Frantsiya elchixonalari hamkorligida) ishtirok etish an’analari rivojlantirilmoqda. Ular tomonida tayyorlangan premeralar poytaxt madaniy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, L.Bernstaynning “ Westside story” (“Vetsayd hikoyasi”), J.S.Baxning “Weihnachts- oratorium”(“Rojdestvo oratoriyasi”), va K.Sen-Sansning “Noel”, G.Gendelning “Messia” ijrosi, K.Orfning “Karmina-Burana” ijrosi, I.Bramsning “Liebeslieder Walzer” (“Muhabbat qo‘shiqlari”), J.S.Baxning «Matthaus-Passion» va «Johannes-Passion»lari, F.Poulenc – “Stabat Mater”, A.Shnitke va L.Kerubini “Requiem”lari ijrosi yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.
Xor jamoasi M.Burhonov, B.Umidjonov, S.Boboev, S.Yudakov, M.Ashrafiy, M.Bafoev, R.Abdullaev , H.Rahimov kabi kompozitorlarimiz asarlarini ham ijro etishmoqda.
Talabalar xori tomonidan ijro etilayotgan O‘zbekiston kompozitorlarining so‘nggi asarlaridan F.Yanov-Yanovskiyning “Ропот”, “First” simfoniyasi, M.Bafoevning “Bahoriya”, R.Abdullaevning “Faryod”, P.Medulyanovaning “Жемчужины мудрости” (“Donolik gavhari”), “Te Deum” asarlari shular jumlasidandir
Kafedra bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi
5150500 – Dirijyorlik (akademik xor dirijyorligi)
Kafedra magistratura mutaxassiligi
5A150501 – Dirijyorlik (akademik xor dirijyorligi)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr yo‘nalishi uchun
- Akademik xor dirijyorligi san’ati
- Xor sinfi
- Yakka xonandalik
- Xonandalik uslubiyoti asoslari
- Xorshunoslik
- Xor partituralarni o‘qish
- Xor aranjirovkasi
- Xor musiqa tarixi
- O‘zbek xor adabiyot
- Xor fanlarini o‘qitish uslubiyoti
- Xor bilan ishlash uslubiyoti
- Xor musiqasi rivojlanishining asosiy boskichlari
- Xor dirijyorligining pedagogik asoslari
- Pedagogik repertuarini o‘rganish
Magistratura mutaxassisligi uchun
- Xor dirijyorligi
- Xorda ijrochilik mahorati
- Yakka xonandalik mahorati
- Xor aranjirovkasi mahorati
- Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti
Kafedra professor-o‘qituvchilari
- Djumaeva Lyuba Xabibovna – professor
- Sharafieva Naira Saxibovna – professor
- Xakimova Afrida Xodjaevna – s.f.n., professor
- Baxritdinova Nasiba Arifovna – professor
- Shamaxmudova Barno Valievna – professor
- Kadirova Sevara Pulatovna – dotsent
- Xusnitdinova Yulduz Madatovna – dotsent v.b
- Mamikonyan Tamara Abramovna – katta o‘qituvchi
- Aripov Muzaffar Muxtarjanovich – katta o‘qituvchi
- Matsinova Dilorom Fazilovna – katta o‘qituvchi
- Shaxnazarova Barno Abduraximovna – o‘qituvchi
- Orifjonov Xusniddin Soxibjon o’g’li – o’qituvchi
Kafedraning sobiq professor-o‘qituvchilari
- Semenov Mixail Nikolaevich – professor
- Knyazyatov Valentin Ivanovich – professor
- Kenzer Yelena Mixaylovna – professor
- Gudkova Yekaterina Akilovna – professor
- Vasileva Alevtina Borisovna – professor
- Melik –Keramyan Elga Artovazdovna – professor
- Nechaev Yevgeniy Viktorovich – professor
- Kaltman Vladimir Fyodorovch – dotsent
- Pavlinova Angelina Vladimirovna – dotsent
- Xublarov Richard Yefremovich – dotsent
- Polonskiy Мihail Borisovich – dotsent
- Аzimov Murtaza Shakirovich – dotsent
- Kaziyev Nugman Inamovich – dotsent
- Tverdohlebova Inna Sergeyevna – dotsent
- Belova Elvira Georgiyevna – dotsent
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iktidorli bolalar akademik litseyi
- R.Glier nomidagi RIMAL
- O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi
- “O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasi”
- “Yoshlar simfonik orkestri”
- “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqiy teatr-studiyasidagi xor jamoasi”
- Bulbulcha bolalar xor va raks ansambli