Xodimlar bo‘limi

ISLAMOV UBAYDULLA QUDRATOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: yo‘q
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Dushanba – shanba soat 9:00dan 16:00gacha
Tel.: +99871-244-94-53
E-mail: ubaydulla.islom@mail.ru

Bo‘limning vazifalari

– rektor tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan lavozimlariga kafedra va bo‘limlarning rahbarlari bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishlarda yetarli bilim va tajribaga ega, mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, sohani rivojlantirishga har jihatdan munosib bo‘lgan tashabbuskor, salohiyatli nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tayinlash yuzasidan o‘rnatilgan tartibda rektorga takliflar tayyorlash;

– konservatoriyani malakali xodimlar bilan ta’minlash, layoqatli va umidli yoshlarni rahbarlik ishlariga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rish;

– vakolat doirasida konservatoriya markaziy apparati va kafedra hamda bo‘limlarning rahbarligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq zahira tayyorlash;

– vakolat doirasida xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildini yuritish hamda ularning faoliyatini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish;

– tarmoq xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uslubiy ta’minlash va tashkil etishda qatnashish;

– konservatoriya markaziy apparati xodimlarini, tegishli rahbarlarni ishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun o‘rnatilagan tartibda choralar ko‘rishga oid takliflar tayyorlash;

– alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtish;

– bo‘limning faoliyatiga oid ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish;

– konservatoriya tizimidagi kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarini o‘qitishni, malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

– konservatoriya markaziy apparati va kafedralar mudirlari, professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari, xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashish;

– xodimlarni mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib borish;

– mehnat intizomi, ichki tartib qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

– xodimlarning mehnat daftarchalari va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash.