Xalqaro aloqalar bo‘limi O’zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlik qilish doirasida 100 ga yaqin xorijiy mehmonlar: madaniyat va san’at arboblari, xorijiy o‘quv muassasalari vakillari, rasmiy va norasmiy tashkilotlar rahbarlari O’zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurishdi (Latviya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Frantsiya, Malayziya, Germaniya, Ozarbayjon, Hindiston, Shvetsariya). Shu jumladan yirik tadbirlar o‘tqazildi-kontsertlar, maxorat darslari, konferentsiyalar.
Xorijiy davlatlarning elchixonalari va boshqa tashkilotlar va dasturlar doirasida ishlash rejalashtirilgan va 2015-2017 yilda bir qator musiqiy akademiya va konservatoriyalar bilan imzolangan ijodiy xamkorlik bo‘yicha shartnomalar asosida 2017-2018 yilda ishni amalga oshirish rejalashtirilgan : Latviya musiqiy akademiyasi, Qozog‘iston san’at milliy universiteti, Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi, Santa-Chechiliya musiqa konservatoriyasi, Janubiy Koreya musiqa ta’lim jamoasi, Belorussiya davlat musiqa akademiyasi bilan, Xitoy Xalq Respublikasi Daulin san’at kolleji,Xitoy Xalq Respublikasi Kashgar universiteti, Ozerbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti, Qurmang‘azы nomidagi Qozog‘izston milliy konservatoriyasi P.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi (Rossiya).